Sport

Diyor Imomxo‘jayev bir ovozdan PFL bosh direktori lavozimiga qayta saylandi

19-avgust, 2026

Diyor Imomxo‘jayev bir ovozdan PFL bosh direktori lavozimiga qayta saylandi

Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. PFL Ijroiya qo‘mitasining sakkiz nafar a’zosi uning nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

Mazkur masala 19-avgust kuni o‘tkazilgan Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Unda qo‘mitaning barcha a’zolari ishtirok etdi. Odil Ahmedov va Alisher Yusupov Kuala-Lumpurdan, Elbek Samatov esa Andijondan turib masofaviy tarzda ovoz berdi.

Diyor Imomxo‘jayevning nomzodi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan ilgari surilgan. U imzolagan taqdimnoma 17-avgust kuni PFL Ijroiya qo‘mitasiga yuborilgan.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Diyor Imomxo‘jayev navbatdagi vakolat muddati uchun O‘zPFL bosh direktori etib tasdiqlandi.

U 2026-yil 19-avgustdan boshlab tashkilotni yana to‘rt yil davomida boshqaradi.

Manbaa: https://pfl.uz/news/ijroiya-qomita-azolari-bir-ovozdan-diyor-imomxojayevni-liga-bosh-direktorligiga-tasdiqladi

O'xshash yangiliklar