Ma'daniyat

O‘zbekistonda “Madaniy loyihalar milliy operatori” tashkil etiladi

22-iyul, 2026

O‘zbekistonda “Madaniy loyihalar milliy operatori” tashkil etiladi

Prezidentning “Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi tashkil etiladi.

Milliy operator xalqaro va respublika darajasidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Shu munosabat bilan muassasaga jamoat tartibini ta’minlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmati xizmatlaridan bepul foydalanish huquqi beriladi.

Shuningdek, Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar uchun O‘zbekistonga olib kiriladigan sahna va texnik jihozlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar, rekvizitlar hamda boshqa moddiy qiymatliklar 2030 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Qaror bilan yana bir muhim yangilik sifatida, kelgusi yildan boshlab “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilandi. Milliy operator mazkur festivalga tashkiliy va texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilangan.

Manba: https://kun.uz/news/2026/07/22/ozbekistonda-madaniy-loyihalar-milliy-operatori-tashkil-etiladi