Tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tadbirkorlar muloqotida xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan 10 ming nafar o‘zbekistonlikni O‘zbekistonga qaytarib, ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalining prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti haqidagi syujetida so‘z boradi.
Uning aytishicha, buning uchun alohida call-markaz tashkil etilib, Rossiyadan qaytishni istagan yurtdoshlarni ishga joylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, bu borada platforma ishlab chiqish va yaqin muddatda takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.
Tashabbusning asosiy maqsadi — xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga qaytarish va ularni munosib ish bilan ta’minlash.
